Oltin tanga va rag‘bat tizimi qanday ishlaydi?
AKADEMIYA’da oltin tangalar qanday beriladi, test ballariga qanday qo‘shiladi va oy g‘oliblari qanday aniqlanadi?
AKADEMIYA’da o‘quvchi natijasi faqat test ballari bilan baholanmaydi. Darsga vaqtida kelish, to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish va darsdagi faollik ham Oltin tanga tizimi orqali hisobga olinadi.
Har bir tanga oy yakunida test ballariga qo‘shiladi: 1 tanga = 1 qo‘shimcha ball.
Quyida tangalarni to‘plash, umumiy natijani hisoblash va oylik reytingni kuzatish tartibi tushuntiriladi: O‘quvchi tangalarni to‘rt xil usulda olishi mumkin.
1. Keyingi oy uchun oldindan "Erta to‘lash"
Keyingi oy boshlanishidan oldin kurs to‘lovini amalga oshirsangiz, kabinetga avtomatik ravishda 15 tanga qo‘shiladi. Masalan, oktabr oyi uchun 30-sentabrgacha to‘lov qilsangiz, 15 tanga olasiz.
2. Oyning dastlabki olti kunida - "Vaqtida to‘lash"
Kurs to‘lovini oyning 1-kunidan 6-kuni soat 23:59 gacha amalga oshirsangiz, 10 tanga olasiz. Ertaroq to‘lash ko‘proq bonus to‘plash imkonini beradi.
3. Darsdan oldin Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tish
Har bir dars boshlanishidan oldin markazdagi Face ID tizimidan o‘tsangiz, kabinetga avtomatik ravishda 1 tanga qo‘shiladi. Masalan, bir oyda 12 ta darsga vaqtida kelib, har safar Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz, 12 tanga to‘playsiz.

Rasm izohi: Dars boshlanishidan oldin Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tish — 1 tanga.
4. O‘qituvchi rag‘bati
O‘qituvchi yaxshi bilim, darsdagi faollik, topshiriqni a’lo bajarish, guruh musobaqasidagi g‘alaba, davomat, intizom yoki boshqa o‘quv yutuqlari uchun 1 dan 100 tangagacha berishi mumkin.

Tangalarni test ballariga qo‘shish
Oy davomida topshirilgan testlarning ballari jamlanadi. Shu oyda to‘plangan Oltin tangalar ularga qo‘shilib, yakuniy natija hosil bo‘ladi.
Masalan: 112 test balli + 21 tanga = 133 umumiy ball.

Diagrammada ustunning asosiy qismi test ballarini, yuqoridagi chiziqli oltin qismi esa tangalar hissasini ko‘rsatadi. Ustun tepasidagi umumiy ball tangalarni ham o‘z ichiga oladi; tanga belgisi yonidagi son ularning miqdorini alohida ko‘rsatadi.
Masalan, diagrammadagi 82 umumiy ballning 19 balli tangalardan iborat: 63 test balli + 19 tanga = 82 umumiy ball. Bu yerda 19 tangani 82 ga yana qo‘shish kerak emas.
Oy g‘olibini aniqlash - chegirma!
Har bir kurs bo‘yicha test ballari va tangalar yig‘indisi asosida oylik reyting shakllanadi. Eng yuqori umumiy natijaga ega o‘quvchilar oy g‘oliblari sifatida aniqlanadi. Quyidagi shartli misol tangalarning reytingga ta’sirini ko‘rsatadi.
|
O‘quvchi |
Test ballari |
Tangalar |
Jami |
|
A |
120 |
5 |
125 |
|
B |
110 |
22 |
132 |
A o‘quvchining test ballari yuqoriroq bo‘lsa ham, B o‘quvchi ko‘proq tanga to‘plagani uchun yakuniy reytingda oldinga chiqadi. Kurs bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar kurs to‘loviga 5 000 so‘mdan 100 000 so‘mgacha chegirma olishlari mumkin. Miqdor kurs turi, o‘sha oydagi natijalar, rag‘batlantirish dasturi va markaz ajratgan budjetga qarab o‘zgaradi.
Tangalarni kabinetda tekshirish
Telegram’da bu yerga bosing va KABINET bo‘limiga kiring. U yerda tanga sonini, tangalar nima sababdan berilganini va o‘z natijalaringizni kuzatishingiz mumkin.
Agar siz endi kurslarni boshlamoqchi bo'lsangiz mana bu maqolani o'qing.
Agar hamkorimiz bo'lishni istasangiz, bu yerga bosing, bunda moddiy rag'bat beriladi.
